12:25 / 15.09.2019
1 968

"Norvich" bosh murabbiyining "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin haqidagi ajoyib fikrlari

"Norvich" bosh murabbiyining "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin haqidagi ajoyib fikrlari
"Norvich" bosh murabbiyi Deniel Fark "Manchester Siti" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Yakshanba tongida ham mashg‘ulot qilamiz va o‘yinning chuqur taxlilini o‘tkazamiz. Chunki men ushbu o‘tmishga yana bir bor qaytishni istayman.

Ertaga yoqimli tong otadi. Men yakshanbada divanning ustida keks va kofeni tanovul qilib, g‘alabani nishonlayman. To‘g‘risi, hayotimdagi eng baxtli tunni qarshi olyapman.

Dunyoning eng yaxshi jamoasi, eng yaxshi futbolchilari, eng yaxshi murabbiyi, top-klub ustidan g‘alabaga erishish yangilanib kelayotgan "Norvich" uchun katta imkoniyatlarni ochib beradi. Yozgi transferlar oynasi vaqtida jarohatlangan futbolchilarimizning o‘rnini bosish uchun biz juda ko‘p mablag‘ ishlatdik.

Men doimo o‘z futbolchilarimga ishonganman. Biz oldindagi, balki, chempionatdagi barcha o‘yinni favorit sifatida boshlamasligimiz ham mumkin, ammo bu doimo davom etishi kerak degani emas. Bugun biz o‘z o‘yinimizning ajoyib sifatlarini ko‘rsatdik va uddalab bo‘lmas ishning o‘z yo‘q ekanligini namoyish qila oldik", - dedi murabbiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Norvich" bosh murabbiyining "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin haqidagi ajoyib fikrlari