Rossiyaning Yekaterinburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining o‘ninchi kun bahslarida kechki dasturdan o‘rin olgan janglar bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasining -57 kilogramm vazn toifasida vakili Miraziz Mirzaxalilov chorak final doirasida qozog‘istonlik Qayrat Yeraliyevga qarshi jang qildi.
3 raund davom etgan jang yakunida hakamlar o‘zbekistonlik bokschini g‘olib deb topishdi va Mirzaxalilov turnirning yarim finaliga yo‘l oldi. U endi kamida jahon chempionatining bronza medalini naqd qildi.
Bundan avvalroq, O‘zbekiston boks terma jamoasining -52 kg vazn toifasidagi vakili Shahobiddin Zoirov bolgariyalik Daniyel Asenovni mag‘lub etgan holda yarim final yo‘llanmasini hal qilgan edi.
Bugun O‘zbekiston boks terma jamoasining yana 3 nafar vakili yarim final yo‘llanmasi uchun jang qiladi:
-69 kg: Bobousmon Baturov – Ziyod Iyoshash (Iordaniya) (B ring, boshlanish vaqti – 19:30)
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov – Loren Alfonso Dominges (Ozarbayjon) (B ring, boshlanish vaqti – 20:15)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Richard Torres (AQSh) (B ring, boshlanish vaqti – 20:45).
Bugungi janglarni tomosha qilish uchun link:
Ring B: Bobousmon Baturov - Ziyad Iashash, boshlanish vaqti - 19:30, Dilshod Ro‘zmetov - Loren Alfonso Dominges, boshlanish vaqti - 20:15, Bahodir Jalolov - Richard Torres, boshlanish vaqti - 20:45. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?