Shomurodov gol urgan bahsda autsayder "Rostov"ni mag‘lub etdi

  • 21 sentyabr 2019, 23:20
  • 989
  • Sport
  • Shomurodov gol urgan bahsda autsayder "Rostov"ni mag‘lub etdi
    O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Eldor Shomurodov faoliyat olib boradigan "Rostov" bu tur safarda "Tambov" bilan kuch sinashdi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

    27-daqiqada Shomurodov hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 10 daqiqa o‘tar-o‘tmasdan Georgi Melkadze muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida esa yana o‘sha Melkadze jamoasiga g‘alaba keltirgan golni kiritishga erishdi.
    Shu tariqa, Valeriy Karpin shogirdlari joriy yilgi mavsumda ikkinchi bor mag‘lub bo‘ldi. Rostovliklar 20 ochko bilan 3-o‘rinda qolishdi.

    "Tambov" – "Rostov" 2:1
    Gollar:
    0:1 – 27 Shomurodov, 1:1 – 38 Melkadze, 2:1 – 61 Melkadze.
    "Tambov": Sheliya, Osipenko, Tetrashvili, Takazov, Gritsayenko, Melkadze (Chernыshov, 65), Karasev (Kulik, 89), Ribin, Kostyukov (Appayev, 66), Oyevole, Obuxov.
    "Rostov": Baburin, Sigurdsson, Chistyakov, Chernov, Kozlov, Yeremenko, Popov, Glebov (Dolgov, 78), Bayramyan (Vedernikov, 87), Ionov, Shomurodov.
    Ogohlantirishlar: Karasev (7), Chistyakov (81), Tetrashvili (90), Dolgov (90), Shomurodov (90).

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Shomurodov gol urgan bahsda autsayder "Rostov"ni mag‘lub etdi