Saudiyach Arabistoni terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan navbatdagi bahsni yirik hisobda yakunladi.
Burayda shahrida bo‘lib o‘tgan Saudiya Arabistoni - Singapur uchrashuvi maydon egalarining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi. O‘yindan keyin saudiyaliklar bosh murabbiyi Erve Renar shunday dedi:
- "Men chiroyli o‘yin uchun futbolchilarga rahmat aytaman. Shuningdek, muxlislarga ham alohida tashakkur, chunki jamoamizning yirik hisobda zafar quchishiga muxlislar ham o‘z hissalarini qo‘shishdi. Biz bir qator vaziyatlardan foydalana olmadik, yo‘qsa hisob yanada yirik bo‘lardi. Muhimi, uch ochko qo‘lga kiritildi va keyingi bahsga ko‘tarinki kayfiyatda tayyorlanamiz".
- "Avvalgi tur Yaman bilan bahsda ba’zi rejalar o‘xshamagandi, lekin Singapurga qarshi jamoa juda yaxshi harakat qildi. Biz bundan keyin imkon qadar gol o‘tkazmaslikka harakat qilamiz. Chunki futbol faqat gol urishdan iborat emas, himoyani ham o‘ylash kerak".
Yaxshi bilasiz, Saudiya Arabistoni O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bitta guruhda joy olgan. Bu jamoa navbatdagi turni 15 oktyabr kuni safarda Falastinga qarshi o‘tkazadi. O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvi 14 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?