«Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodovning vakili Qahhor Mo‘minov futbolchining Yevropa top-klublariga o‘tish imkoniyatlariga baho berdi.
«Transfermarkt portali Eldorning «Rostov»ga o‘tganida 750 ming yevro to‘langanini yozdi. Ammo unday emas. «Rostov» Eldor uchun karrasiga kam to‘lagan.
Hozir u eng yaxshi to‘purar, yaqinda shartnomani uzaytirdi. Shu tufayli bugungi kunda transfer qiymati ham o‘zgacha bo‘lishi kerak. Umuman olganda futbolchi uchun qancha taklif qilinsa, demak uning narxi shuncha bo‘ladi.
«Shtutgart» 10 million yevro atrofida, SSKA ham shunga yaqin qiymatni taklif qildi. «Rostov» bu masalaga qishda qaytishini bildirdi. Ammo mavsum o‘rtasida bu oson bo‘lmaydi.
Eldor va uning oilasi bilan gaplashdim. Yozda top-klublardan munosib taklif tushsa, transferni talab qilamiz. «Rostov» bilan shartnoma imzolaganimizda aynan shu haqda kelishib olganmiz», – deb Mo‘minov so‘zlarini keltirmoqda Rossiyaning Sport sayti.
Eldor Shomurodov Rossiya chempionatining joriy mavsumida «Rostov» safida 12 uchrashuvda 10ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi. U ayni vaqtda RPLning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. U shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi safida so‘nggi 6 o‘yinida 6 gol urishga erishgan va terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar qatoriga kirgan - 16 gol. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi