10:50 / 04.11.2019
2 487

Saul Alvares Kovalyovdan tortib olgan chempionlik unvonidan voz kechadi

Saul Alvares Kovalyovdan tortib olgan chempionlik unvonidan voz kechadi
Foto: Valeriy Sharifulin/TASS
Meksikalik bokschi Saul Alvares rossiyalik Sergey Kovalyovga qarshi jangdan keyin qo‘lga kiritgan WBO chempioni unvonidan voz kechadi. Bu haqda sportchining jamoasida ma’lum qilindi.

Avvalroq Kovalyov Las-Vegasda o‘tgan jangda Alvaresga 11-raundda nokaut bilan mag‘lub bo‘lib, unga yarim og‘ir vazn toifasidagi chempionlik kamarini boy bergandi.

Meksikalikning kamardan voz kechishiga uning yana o‘rta vaznga qaytishi sabab hisoblanadi.
Alvares ushbu jang uchun o‘rta vazndan ikkita toifa yuqoriroqqa – yarim og‘ir vazngacha sakrashiga to‘g‘ri kelgan.

Alvares rossiyalik ustidan g‘alabaga erishgach, o‘zi uchun 4-vazn toifasidagi chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. Kovalyov esa jangdan keyin tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun shifoxonaga jo‘natilgan.
Hozirda 29 yoshli meksikalikning hisobida 53 ta g‘alaba, bitta mag‘lubiyat va ikkita durang natija bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saul Alvares Kovalyovdan tortib olgan chempionlik unvonidan voz kechadi