16:30 / 07.11.2019
2 600

“Real” futbolchisi CHLda Messiga yetib oldi

“Real” futbolchisi CHLda Messiga yetib oldi
“Real” forvardi Karim Benzema UYEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-tur “Galatasaroy”ga qarshi oʻyinda raqib darvozasini ikki marotaba ishgʻol qildi.

Shunday qilib, fransiyalik hujumchi ushbu turnirda 15 mavsumdan buyon ketma-ket gol urayotgan futbolchilar qatoriga kirdi. U bu ishni “Lion” va “Real” klublaridagi faoliyati davomida qayd etdi.

Eslatib oʻtamiz, bunday natijaga oldinroq faqat “Barselona” forvardi Lionel Messi egalik qilar edi. U Benzemadan farqli, ushbu ishni bitta klub safida uddalagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” futbolchisi CHLda Messiga yetib oldi