Odil Ahmedov: “Oldingi o‘yinda yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslikka urindik”

  • 20 noyabr 2019, 21:54
  • 597
  • Sport
  • Odil Ahmedov: “Oldingi o‘yinda yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslikka urindik”
    Terma jamoamiz uchun yakunda g‘alaba bilan tugagan Falastinga qarshi uchrashuvdan so‘ng, futbolchilarni maydonga sardor sifatida boshlab tushgan Odil Ahmedov fikrlarini bildirdi.
    - Birinchi galda o‘yin taascurotlari bilan o‘rtoqlashsangiz...
    - O‘yinni nazorat qilishimiz kerak edi, bunga erishdik deb o‘ylayman. Tezkor gol urib olganimiz foydamizga ishladi. Darvozani ishg‘ol qilganimizdan so‘ng bo‘sh zonalar paydo bo‘ldi. Ulardan foydalanishga harakat qildik. Umuman bunday o‘yinlarda ko‘proq gol urishimiz kerak edi.

    - Biz ham sizga shu savol bilan murojaat qilmoqchi edik. Saudiya bilan o‘yindagi natijani o‘ylab turib, Falastinga qarshi to‘plar nisbatini yaxshilab olishga e’tibor berishimiz kerak edi. Xuddiki jamoa murabbiyning ko‘rsatmasiga binoan to‘p tepgandek bo‘ldi. Bu aynan murabbiyning ko‘rsatmasimidi yoki o‘yindan kelib chiqib shunday yo‘l tutildimi?
    - Endi bu futbol. Ko‘plab vaziyatlar yaratdik, ko‘rdingiz. 1-0 qaltis hisobligi uchun, ikkinchi golni urishga harakat qildik. Baribir ruhiyat degan narsa bor. Orqaroqda xatosiz o‘ynashimiz talab etilardi. Yigitlar o‘tgan safargi o‘yinda yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslikka urinishdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Odil Ahmedov: “Oldingi o‘yinda yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslikka urindik”