17:55 / 08.12.2019
1 594

Antuan Grizmann: “Ter Shtegen biz uchun yarim himoyachidek”

Antuan Grizmann: “Ter Shtegen biz uchun yarim himoyachidek”
“Barselona” hujumchisi Antuan Grizmann LaLiga doirasida “Malyorka” ustidan qozonilgan gʻalabadan keyingi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Biz ajoyib uchrashuvimizni oʻtkazishni istagandik. Voqealarga boy birinchi boʻlimni oʻtkazdik, umuman olganda taym biz uchun yomon yakunlanmadi. Messi va Suaresning oʻyinlarini alohida taʼkidlagan boʻlardim. Qoʻlga kiritilgan gʻalabadan xursandmiz. Biroq toʻxtab qolish niyatimiz yoʻq, chunki hali mavsum oldinda. ”Atletiko"da hujumning har bir epizodigacha yaxshi tushunardim. Bu yerning taktikasiga hozirgacha koʻnikib boʻlganim yoʻq.

Ter Shtegenning pasi? Agarda adashmayotgan boʻlsam, darvozabon pas oshirib bergan ilk golim emas. “Real Sosyedad”da Klaudio Bravo ham menga golli pas uzatgandi. Biroq Mark-Andre ajoyib, u tarkibimizda yarim himoyachidek oʻynaydi. Ha, ideal uzatma boʻldi", - dedi Grizmann.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Antuan Grizmann: “Ter Shtegen biz uchun yarim himoyachidek”