date

«Paxtakor» Bozorov, Nasrullayev va Quvvatov transferlarini e’lon qildi

«Paxtakor» Bozorov, Nasrullayev va Quvvatov transferlarini e’lon qildi

Toshkentning «Paxtakor» klubi Oybek Bozorov, Sherzod Nasrullayev va Sanjar Quvvatovni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Oybek Bozorov va Sherzod Nasrullayev bungacha «Nasaf» klubi sharafini himoya qilgan bo‘lsa, Sanjar Quvvatovning so‘nggi jamoasi «Qizilqum» bo‘lgandi. Qayd etish lozim, Sanjar Quvvatov 2019-2023-yillar oralig‘ida «sherlar» sharafini himoya qilgan va 106 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Ma’lumot o‘rnida, Sanjar Quvvatov «Paxtakor» safida 35, Oybek Bozorov 77, Sherzod Nasrullayev esa 34-raqam ostida harakat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» Bozorov, Nasrullayev va Quvvatov transferlarini e’lon qildi