date

Navoiyda 47 yo‘lovchili avtobus ag‘darildi: qurbonlar bor

Navoiyda 47 yo‘lovchili avtobus ag‘darildi: qurbonlar bor

Navoiy viloyatida yo‘l-transport hodisasi odamlar hayotiga zomin bo‘ldi. Tomdi tumani hududida salonida 47 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus harakat vaqtida ag‘darilib ketdi. Oqibatda ikki nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘ldi, yana bir necha kishi jarohat oldi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 5 yanvar kuni sodir bo‘lgan. ZHONG TONG BUS rusumli avtobus Zarafshon—Navoiy yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda, uni boshqarib borayotgan 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi rul nazoratini yo‘qotgan. 17 yillik tajribaga ega haydovchi boshqaruvidagi transport vositasi yo‘lning o‘ng tomoniga chiqib ketib, ag‘darilgan.
Navoiy viloyati IIB axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, avtobus texnik jihatdan soz holatda bo‘lgan. Biroq shunga qaramasdan, hodisa og‘ir oqibatlarga olib keldi. Yo‘lovchilar orasida bo‘lgan ikki nafar fuqaro olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
Shuningdek, turli darajada tan jarohatlari olgan to‘qqiz nafar fuqaro shifoxonalarga yotqizilgan. Ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Ayni paytda mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Voqea sabablari va barcha holatlar qonun doirasida o‘rganiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda 47 yo‘lovchili avtobus ag‘darildi: qurbonlar bor