date

Boysunda «M-25»da neft sizishi jilovlandi, nazorat kuchaytirildi

Boysunda «M-25»da neft sizishi jilovlandi, nazorat kuchaytirildi

Bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda Boysun tumanidagi «M-25» koni hududida neft suyuqligi yer yuzasiga sizib chiqayayotgani aks etgan videolavhalar tarqalgan edi. Energetika vazirligi ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, neft suyuqligi tarqalishining oldini olish maqsadida hudud atrofida hamda soy o‘zani bo‘ylab qo‘shimcha himoya hovuzlari barpo etilganini ma’lum qildi.

Vazirlikka ko‘ra, yig‘ib olinayotgan neft suyuqligi uzluksiz ravishda maxsus maydonga olib chiqilmoqda. U yerda hajmi 5 000 kub metrdan bo‘lgan, maxsus izolyatsiyalangan 2 ta shlam hovuzi mavjud bo‘lib, bu neft suyuqligini xavfsiz saqlash va keyinchalik undan samarali foydalanish imkonini beradi. Shuningdek, barcha ishlar amaldagi sanoat hamda ekologik xavfsizlik talablariga to‘liq rioya qilingan holda olib borilayotgani qayd etildi.

Rasmiy ma’lumotda aytilishicha, neft suyuqligidan olingan namuna bo‘yicha tahlil ishlari olib borilmoqda, natijalarga ko‘ra qayta ishlash imkoniyatlari o‘rganiladi. Geologik tadqiqotlar esa davom etmoqda. Hozirgi kunda holat doimiy monitoringda ekani, neft suyuqligi jilovlangani, dastlabki kunlarda kanalga oqib ketgan qismni tozalash ishlari ham amalga oshirilayotgani bildirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Boysunda «M-25»da neft sizishi jilovlandi, nazorat kuchaytirildi