Chelsi Morgan Rodjers uchun 150 mln yevro taklif qilmoqchi

Londonning «Chelsi» klubi «Aston Villa»ning hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rodjersni transfer bozoridagi asosiy nishonlaridan biri sifatida ko'rmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fichajes xabariga ko'ra, «ko'klar» 23 yoshli futbolchi uchun katta mablag' ajratishga tayyor. Manbada aytilishicha, yaqin vaqt ichida «Chelsi» «Aston Villa»ga taxminan 150 million yevro atrofida rasmiy taklif yuborishi mumkin.
Rodjers joriy mavsum barcha turnirlarni inobatga olganda 27 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi.
Shuningdek, Rodjersning amaldagi shartnomasi 2031 yil o'rtalarigacha mo'ljallangani qayd etilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing