date

«Manchester Siti» «Chelsi»ga qarshi 12 o‘yindan beri yutqazmaydi

«Manchester Siti» «Chelsi»ga qarshi 12 o‘yindan beri yutqazmaydi

APLning 20-turida «Manchester Siti» «Chelsi»ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bu natija bilan «shaharliklar»ning londonliklarga qarshi mag‘lubiyatsiz seriyasi 12 ta o‘yinga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, «Siti»ning «Chelsi»dan so‘nggi mag‘lubiyati 2021 yil 29 may kuni bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi finalida qayd etilgan edi.

Shundan keyingi o‘zaro bahslarda «Manchester Siti» ustunroq ko‘rindi: 9 ta g‘alaba va 3 ta durang. (Ya’ni, hozircha «Chelsi» uchun “qora seriya” davom etyapti.)

Jadvalda esa Gvardiola shogirdlari 42 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi, «Chelsi» 31 ochko bilan 5-pog‘onada turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Manchester Siti» «Chelsi»ga qarshi 12 o‘yindan beri yutqazmaydi