date

Hindiston guruch yetishtirishda Xitoyni ortda qoldirdimi?

Hindiston guruch yetishtirishda Xitoyni ortda qoldirdimi?

2025 yilda Hindiston guruch yetishtirish hajmi bo‘yicha jahonda yetakchi davlatga aylandi. Mamlakat joriy yilda 150 million tonna sholi yetishtirib, ushbu ko‘rsatkich bilan Xitoyni ortda qoldirdi. Bu haqda Hindiston qishloq xo‘jaligi vaziri Shivraj Singh Chouxanga tayanib, Economic Times nashri xabar berdi.

Vazirning ta’kidlashicha, bunday natijaga erishishda yuqori hosilli urug‘ navlarini yaratish muhim o‘rin tutgan. Narendra Modi hukumati 2014 yildan beri mamlakatda 3 236 turdagi yuqori hosilli navni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Solishtirish uchun aytilsa, undan oldingi 45 yil davomida 3 969 ta yangi nav yaratilgan edi.

Chouxanning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston ilgari oziq-ovqat taqchilligini boshdan kechirgan davlat bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda global oziq-ovqat yetkazib beruvchi mamlakatga aylandi.

"Biz guruch yetishtirish bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdik va endi tashqi bozorlarga ham o‘z mahsulotlarimizni yetkazib berishni rejalashtiryapmiz", — dedi vazir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda Xitoyda 145,28 million tonna sholi yetishtirilgan. Shu tariqa, Hindiston dunyoda guruch ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Hindiston guruch yetishtirishda Xitoyni ortda qoldirdimi?