Prudnikov FIFA JCH 2026 o'yinlarini AQShdan ko'chirishi mumkin dedi

Moskvaning «Spartak» klubi sobiq futbolchisi Aleksandr Prudnikov Venesueladagi vaziyat fonida 2026 yilgi jahon chempionati uchrashuvlari AQShdan boshqa davlatga ko'chirilishi ehtimolini istisno etmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning fikricha, jamoatchilik o'yinlarni AQShda o'tkazishga qarshi chiqishi mumkin va shu sabab FIFA muqobil variant sifatida bahslarni boshqa mamlakatda tashkil etish masalasini ko'rib chiqadi. Prudnikovning so'zlarini «Match TV» keltirdi.
Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati kelasi yozda Shimoliy Amerikadagi uch mamlakat — AQSh, Kanada va Meksikada o'tkazilishi belgilangan.
Hozirgi amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing