date

To‘qayev: “spikerlikka tayyorgarlik” haqidagi gaplar — fantaziya

To‘qayev: “spikerlikka tayyorgarlik” haqidagi gaplar — fantaziya

Qozog‘istonda parlament islohoti ketayapti, shu fonda ayrim ekspertlar “bu o‘zgarishlar parlament spikeri vakolatlarini kuchaytirib, keyin Qosim-Jo‘mart To‘qayevning o‘sha lavozimga o‘tishi uchun maydon hozirlayapti”, degan taxminlarni o‘rtaga tashlamoqda.

Lekin Qozog‘iston prezidenti bu gaplarga nuqta qo‘ydi. “Turkistan” gazetasining 2026 yil 5 yanvar sonidagi intervyusida To‘qayev bu iddaolarni rad etgan va bunday taxminlar uning siyosiy tamoyillariga zid ekanini aytgan. Uning ta’kidlashicha, Qozog‘iston prezidentlik boshqaruviga asoslangan davlat bo‘lib qoladi.

To‘qayevning so‘zlariga ko‘ra, u Oqo‘rdaga kelmasidan avval ham “Kuchli prezident – nufuzli parlament – hisobdor hukumat” konsepsiyasini ilgari surgan. Davlat tizimini shaxsiy manfaat uchun o‘zgartirish esa mas’uliyatsizlik, degan pozitsiyani bildirgan.

Prezident, shuningdek, mamlakat uchun hal qiluvchi islohotlar faqat umumxalq referendumi orqali qabul qilinishi, parlament o‘zgarishlari ortida “yashirin reja” izlashga asos yo‘qligini ham qayd etgan.

Qizig‘i, rasmiy manbalarda 2026 yil Qozog‘iston uchun yangi modernizatsiya bosqichi bo‘lishi aytilmoqda: 2026 yil “Raqamlashtirish va sun’iy intellekt yili” deb e’lon qilingan, shuningdek Konstitutsiyaviy islohotlar muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » To‘qayev: “spikerlikka tayyorgarlik” haqidagi gaplar — fantaziya