"Nasaf" 18 kunlik ta’tildan so‘ng yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. Tarkibda legionerlar ham bor.
17 dekabr kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tib qaytgan “ajdarlar” 18 dekabrdan boshlab, 2020 yilgi mavsum taraddudini ko‘rishmoqda. Yig‘in 28 dekabrga qadar davom etadi. Bu yig‘inda "Nasaf"ning 10 nafar asosiy futbolchisi ishtirok eta olmaydi. Sababi Abduvohid Ne’matov, Mashhurjon Muhammadjonov, Dilshod Saitov, Husniddin Aliqulov, Sherzod Nasrullayev, Islom Kenjaboyev, Sharof Muhitdinov, Azizjon G‘aniyev, Oybek Bozorov va Bobir Abdixoliqov Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi safida Dubayga uchib ketishgan.
Jamoa tarkibida Rossiya, Armaniston, Burkina Faso va Kot-dʼIvuarlik futbolchilar ko‘rikdan o‘tishmoqda. Legionerlar to‘g‘risida keyinchalik batafsil ma’lumot beramiz.
Manba: "Nasaf" klubining rasmiy sayti. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Ukraina bosh vaziri: “Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi”