
O‘tgan yozda “Inter” “Fiorentina”ning braziliyalik himoyachisi Dodo’ni Milanga olib kelishga urinib ko‘rgan, biroq o‘shanda kelishuv amalga oshmagandi. Corriere Dello Sport xabariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda “neradzurrilar” yana futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shunga qaramay, muzokaralarda yana aniq “ha” javobi olinmadi. “Fiorentina”ning bu mavsumdagi ahvoli og‘ir bo‘lishiga qaramasdan, Dodo hozircha “Inter”ga ko‘chish masalasida qat’iy qarorga kelmagan.
Futbolchining “binafshalar” bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Manbaga ko‘ra, yozda vaziyat o‘zgarishi ehtimoli bor, ayniqsa “Fiorentina” Italiya futbolining oliy ligasini tark etadigan bo‘lsa.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.