date

Frimpong Liverpulning durangidan keyin hafsalasi pir bo'ldi

Frimpong Liverpulning durangidan keyin hafsalasi pir bo'ldi

«Liverpul»ning o'ng qanot himoyachisi Jeremi Frimpong «Lids»ga qarshi o'z uyidagi o'yin 0:0 yakunlangach, natija bo'yicha fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Arne Slot jamoasi uchrashuv davomida darvozaga 19 marta zarba yo'lladi, raqib esa atigi to'rt bor urinib ko'rdi. Shunga qaramay, yakuniy hushtak yangraguncha hisob ochilmadi.

«Ko'ngil qoladigan natija. Biz g'alaba qozonishni xohlagandik, ammo “Lids” juda tartibli himoyalandi. Bunday yakun alam qiladi, lekin oldinga qarab, keyingi o'yin haqida o'ylashimiz kerak.

Albatta, harakat qildik, biroq yetarlicha kuch bilan emas. Imkoniyatlar bo'ldi. Ayrim vaziyatlarda men uzatmalarni aniqroq berishim kerak edi. Nima qilishimiz, qanday o'ynashimiz kerakligini bilamiz», — deya Frimpongning so'zlarini BBC keltirdi.

Ushbu durangdan so'ng «Liverpul» 19 turdan keyin 33 ochko bilan APL turnir jadvalida 4-o'rinda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Frimpong Liverpulning durangidan keyin hafsalasi pir bo'ldi