Konate APLda noyob natija qayd etgan himoyachiga aylandi

“Liverpul” markaziy himoyachisi Ibraima Konate “Lids”ga qarshi o‘yinda jamoasiga darvozani daxlsiz saqlab qolishda yordam berdi — uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Enfilddagi bahsda fransuz futbolchi barcha 10 ta yakkama-yakka kurashda g‘alaba qozondi. Angliya OAV yozishicha, Konate joriy APL mavsumida bir o‘yinda 10 yoki undan ko‘p duelda qatnashib, ularning barchasida yuz foiz muvaffaqiyat ko‘rsatgan atigi to‘rtinchi futbolchiga aylandi. Bungacha bunday natijani “Manchester Yunayted” vakili Matteys de Ligt, “Kristal Pelas”dan Mark Gexi hamda “Arsenal” futbolchisi Bukayo Saka qayd etgan edi.
4-yanvar kuni “Liverpul” navbatdagi tur doirasida “Fulhem”ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing