
Milaning “Inter” klubi yaqin vaqt ichida tarkibini bosniyalik futbolchi bilan kuchaytirishi mumkin. Gap 22 yoshli himoyachi Tarik Muharemovich haqida ketmoqda: u kutilmaganda Sloveniya hududida tug‘ilgan bo‘lsa-da, futbolchilik yo‘lini Avstriyada boshlagan, hozir esa “Sassuolo” safida to‘p surmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kelishuvning yana bir muhim jihati shundaki, futbolchining huquqlarining 50 foizi Turin “Yuventus”iga tegishli. Shu sababli “Inter” transfer bo‘yicha nafaqat “Sassuolo”, balki “Yuventus” bilan ham muzokara olib borishi kerak bo‘ladi.
Calciomercato.it xabariga ko‘ra, “Inter” futbolchini yanvarda qo‘lga kiritishga urinib ko‘rishi mumkin, biroq amaliy jihatdan yozgi transfer oynasi varianti ko‘proq real ko‘rinmoqda. Ayni paytda “Inter” A Seriya turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.