
Italiyaning sobiq to‘purari Igor Protti 2025 yilda og‘ir xastalik bilan kurashni boshladi. U 2026 yildan kutayotgan umidlari esa juda sodda: yil davomida ko‘ngilsiz xabarlar bo‘lmasin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«O‘tgan yil men uchun nihoyatda og‘ir keldi. Kelajagim noaniq, shuning uchun hozir faqat boshqa yomon yangiliklar bo‘lmasligiga umid qilaman. Tirik ekanimga shukur. Yangi yilda hammaga omad», — deya Prottining so‘zlarini calcionapoli1926.it keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, Protti faoliyati davomida «Bari», «Napoli» va «Latsio» kabi klublarda to‘p surgan. 1995/1996 yilgi mavsumda u Juzeppe Sinori bilan birga A Seriyasining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.