date

Kim Min Je Bavariyada qolishga qat’iy qaror qildi

Kim Min Je Bavariyada qolishga qat’iy qaror qildi

«Bavariya» markaziy himoyachisi Kim Min Je yaqin kelajak bo‘yicha qarorini qabul qildi. Janubiy koreyalik futbolchiga Turkiyaning «Fenerbahche» klubi qiziqish bildirmoqda, shuningdek, Italiyaning A Seriyasidan ham bir nechta jamoalar markaziy himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Biroq jurnalist Florian Plettenberg ma’lumotiga ko‘ra, Kimming qishki transfer oynasida jamoani tark etishi deyarli istisno qilinadi. Futbolchi kelayotgan takliflarni qat’iy rad etmoqda va kamida yozgacha Myunxenda qolishni istamoqda.

Transfermarkt portali 29 yoshli himoyachining bozor qiymatini 25 mln yevroga baholagan. Uning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kim Min Je Bavariyada qolishga qat’iy qaror qildi