Jarohat olgan Mbappe «Atletiko»ga qarshi maydonga chiqmoqchi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe tiklanish muddatini tezlashtirib, safga kutilganidan avvalroq qaytish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fransuz futbolchining jarohati 2025 yilning so‘nggi kunida ma’lum bo‘lgandi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, u Ispaniya Superkubogi yarim finalida «Atletiko»ga qarshi bahsga ulgirmasligi mumkin edi, biroq futbolchi bu prognoz bilan kelishmoqchi emas. Diario AS xabariga ko‘ra, Mbappening maqsadi — jarohatini imkon qadar tezroq davolatib, derbida «qaymoqranglilar»ga yordam berish.
«Real» — «Atletiko» uchrashuvi 8 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Ungacha, 4 yanvar kuni Xabi Alonso jamoasi La Ligada «Betis»ga qarshi maydonga tushadi.
Joriy mavsumda Mbappe 24 o‘yinda 29 ta gol urib, yuqori natija qayd etib kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!