
“Manchester United” yarim himoyachisi Kobbi Maynu va jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim o‘rtasidagi munosabatlar ideal darajada emasligi haqida gaplar yuribdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik mutaxassis 20 yoshli futbolchini “qizil iblislar”ning asosiy tarkibiga tez-tez kiritmayapti. Yaqinda Maynuning akasi uchrashuvga “Kobbi Maynuga ozodlik” degan yozuvli futbolkada kelgani vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Sun Football manbasiga ko‘ra, ushbu holatdan avval ham futbolchi bilan Amorim orasidagi aloqalar tarang bo‘lgan.
Shunga qaramay, manba ta’kidlashicha, Maynu taslim bo‘layotgani yo‘q: u hanuz “United” asosiy tarkibidan joy olish va o‘zi voyaga yetgan klubda muvaffaqiyatli faoliyat qurishga qat’iy bel bog‘lagan. Shu bois u jamoani butunlay tark etishni rejalashtirmayapti.
Avvalroq Maynu qishki transfer oynasida ijara asosida boshqa klubga o‘tishni xohlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan, asosiy da’vogar sifatida “Napoli” tilga olingan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.