22:03 / 23.12.2019
3 224

O‘zbekiston MTJ futbolchisi legionerga aylanishi mumkin

O‘zbekiston MTJ futbolchisi legionerga aylanishi mumkin
Toshkentning "Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov faoliyatini legioner sifatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sports.uz nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, hamyurtimizga Rossiyaning bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda. O‘z navbatida Jamshid Iskanderov qishda RPL klublaridan biriga o‘tishi mumkin. Yarim himyachimizga hozircha aynan qaysi klublar qiziqish bildirayotgani borasida ma’lumot berilmagan. Ammo Iskanderovga BAA va Qatar jamoalari ham qiziqish bildirayotgani yozilgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 22 o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan futbolchi RPLga o‘tsa, Eldor Shomurodov "Rostov", Vitaliy Denisov "Rubin" va Vadim Afonindan so‘ng to‘rtinchi futbolchiga aylanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ futbolchisi legionerga aylanishi mumkin