27 fevraldan O‘zbekiston Superligasi-2020 start oladi. Jamoalar chempionatga yurtimizda va imkoniyati borlar xorijda tayyorgarlik ko‘rishdi.
Murabbiy va futbolchilarning fikrlarini yil bo‘yi o‘qib, kuzatib borishimiz mumkin. Ammo o‘sha jamoada faoliyat yuritayotgan matbuot kotiblarini siz deyarli tinglamagansiz. Shu bois biz yangi mavsum avvalidan matbuot kotiblarining fikrlarini bilish uchun ularga 3 ta savol bilan murojaat qildik.
1. Jamoaning tayyorgarlik jarayoni (qayerlarda yig‘inlar tashkil etilgani va o‘rtoqlik o‘yinlari) haqida
2. Yangi mavsumdan nimalar kutmoqdasiz?
3. Klub oldiga qanday vazifa qo‘yildi?
1. Tayyorgarlik Toshkent va BAAning Abu-Dabi amirligida olib borildi. Superliga oldidan 5 ta nazorat o‘yinlari va yana Osiyo Chempionlar ligasida 2 uchrashuv o‘tkazdik. Raqiblarimiz "Rostov", "Suvon Samsung", "Jilina", "Qizilqum" va "Spartak" klublari bo‘lishdi. Murabbiylar o‘zlari istaganidek sharoitlarda ishlashdi, jamoa yaxshi hozirlik ko‘rdi.
2. Yangi mavsumda qiziqarli o‘yinlar ko‘proq bo‘lishini, jamoalar futbol o‘ynashga intilishini. Ko‘p jamoalar hozir o‘ta yopiq futbol ko‘rsatishga o‘tib olishgan. Hujumda rang-baranglik kam. Ishqibozlarning stadionga ko‘proq kelishi uchun tomoshabop, jozibador o‘yin ko‘rsatish kerak. Qiziqarli va keskin o‘yinlar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi.
3. "Paxtakor" oldiga o‘zi ishtirok etayotgan har bir turnirda g‘oliblik uchun kurash olib borish vazifasi qo‘yilgan. Jamoamiz shu yo‘lda mehnat qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, "Paxtakor" Superliga-2020 dastlabki turida Toshkentda "Navbahor" bilan bellashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.
Behzod Nazarov (“Paxtakor” klubi matbuot kotibi)
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?