Terabayt.uz nashrining yozishicha, ayni paytda Facebook kompaniyasi o‘zining Messenger ilovasiga mobil internetni tejash funksiyasini joriy qilish ustida ish olib bormoqda. Mazkur yangilik hozircha Android platformasi ishlaydigan qurilmalarda paydo bo‘lishi tasdiqlangan. Ilovaning sozlamalar menyusida joylashgan Data Saver funksiyasi orqali unga keladigan foto va videolarning avtomatik tarzda yuklanishini cheklash mumkin.
Ta’kidlash kerak, bunday funksiya yurtimizda ommabop bo‘lgan bir nechta messenjerlarga allaqachon tatbiq etilgan. Facebook Messenger’dagi mazkur funksiya foydalanuvchi faqat mobil internetni ishlatganda faollanishi haqida xabar berilgan. Shu bilan birga ilova muayyan muddat davomida qancha trafik saqlab qolingani to‘g‘risida ham ma’lumot berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan taxminan ikki hafta oldin Facebook messenjerning sodda va bir vaqtning o‘zida kam mobil trafik sarflaydigan Messenger Lite versiyasini chiqargan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi