Xiaomi kompaniyasi hoshiyasiz Mi Mix smartfoni sotuvi boshlanganidan so‘ng 10 soniya ichida birinchi partiya mahsulotni sotishga ulgurdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Bu Xitoy ishlab chiqaruvchisi uchun rekord natija hisoblanadi.
Xitoyda Mi Mix sotuvi 4 noyabr kuni, mahalliy vaqt bilan 10:00da boshlandi. Oradan o‘n soniya o‘tib, barcha smartfonlar sotib bo‘lindi. Qolgan xaridorlarga esa SMS orqali qurilma tugagani to‘g‘risida ma’lum qilindi. Xiaomi kompaniyasining Mi Note 2 qurilmasi 50 soniya ichida sotib tugatilgan edi.
Mi Mix oktyabr so‘ngida taqdim etilgandi. U 2040 x 1080 pikselli 6,4-dyuymga ega displeyga ega bo‘lib, chetlari hoshiyasiz tarzda ishlangan. Displey old panelning 90 foiz qismini egallagan. Qurilma, shuningdek, 2,35 gigagersli, to‘rt yadroli Snapdragon 821 prosessori bilan ta’minlangan. Smartfon korpusi keramikadan ishlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi