Microsoft kompaniyasi Windows 10 operasion tizimining foydalanuvchi interfeysini yangilash ustida ish olib bormoqda. Kompaniya ichida ushbu yangi loyihani Project Neon deb atashmoqda, deb yozadi Kun.uz sayti.
Yangi dizaynda animasiya hamda blur effekti ko‘proq ishlatiladi. Bundan tashqari, dasturchilarga o‘z ilovasining dizaynini batafsil sozlash imkonini beruvchi Acrylic uskunasi paydo bo‘ladi.
MSPowerUser bergan ma’lumotga ko‘ra, Windows 10’ga bir nechta vizual effektlar qo‘shiladi. Misol uchun, kursor interfeysning biror bir qismiga olib borilganda mazkur joy yonishi yoki uning shaffofligi o‘zgarishi mumkin.
Xulosa qilib aytilganda, Microsoft minimalistik dizayn sari bormoqda. Nashrning ta’kidlashicha, tarmoqda paydo bo‘lgan bu suratlar hozirda konsept ko‘rinishiga ega va natija umuman boshqacha bo‘lishi ham mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi