21 mart kuni, Xiaomi romsiz dizaynga ega yangi turkumdagi televizor modellarini namoyish qiladi, deb yozadi Terabayt sayti. Ulardagi ramkasiz dizayn tele-mahsulotning bosh yangiligi bo‘lib, tasvir televizor ekrani bo‘ylab to‘liq gavdalanadi. Bu dizayn displeylarning tashqi qiyofasiga yanada jozibadorlik bag‘ishlagan.
Ekran diagonali 65 dyuymli modellarning piksellar sig‘imi «4K» bo‘lishi kutilmoqda. Televizor korpusi qalinligi bor-yo‘g‘i 4,5 mm. Televizorning apparat ta’minoti va ovozli tizimi alohida blokda joylashtirilgan.
Yangi televizorlarni iOS hamda Android operasion tizimidagi smartfon, planshetlar bilan boshqarish mumkinligi gadjet foydalanuvchilari uchun kutilmagan xushxabar bo‘ldi. Kompaniya 65 dyuymli bu televizorlarning eng qimmatini 2900 AQSh dollaridan sotuvga chiqaradi. Bu Xitoy televizor ishlab chiqaruvchilarining shu turdagi mahsulotlari orasida «eng arzoni» degani.
Hozircha televizorlarning texnik jihatlariga oid boshqa ma’lumotlar oshkor qilinmagan. Barchasiga televizorlar Xitoyda sotuvga chiqariladigan 31 mart kuni oydinlik kiritiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi