08:42 / 06.04.2017
5 522

Parij aeroportida avtoparkovkachi robot paydo bo‘ldi (video)

Parij aeroportida avtoparkovkachi robot paydo bo‘ldi (video)
Endilikda Fransiya poytaxti Parij shahrining Sharl de Goll nomli aeroportida avtomobillar parkovkasi bilan fransuzlarning Stanley Robotics startapi yaratgan parkovkachi-robot shug‘ullanadi, deya xabar berdi «Kommersant’»ga tayaanib "Daryo.uz" nashri.

Buning uchun yo‘lovchilardan maxsus mo‘ljallangan joyga kirib, avtomobilini qoldirish va o‘z narsalarini olish talab qilinadi, xolos. Shundan so‘ng robot avtomobilni o‘z platformasiga ortib, bo‘sh joyga olib boradi. Yo‘lovchi ortga qaytgach, ma’lumotlar terminalidan mashinasi turgan joy raqamini aniqlashtirib, o‘z avtomobilini olib ketishi mumk

Hozircha ushbu xizmat turidan mashinalarini aeroportda bir sutkadan ko‘proq vaqtga tashlab ketadigan mijozlar, chipta bron qilganida yuqoridagi xizmat turiga ham oldindan buyurtma bergan taqdirda foydalanishi mumkin. Robot Sharl de Goll aeroportining ikki terminalida — 2E va 2F da sinov rejimida ishlamoqda. Robotning sinovi taxminan yarim yil davom etadi, shundan so‘ng u boshqa terminallarda, shuningdek, Orli aeroportida ham paydo bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Parij aeroportida avtoparkovkachi robot paydo bo‘ldi (video)