KGI Securities tahlilchisi Min Chi Kuo keyingi avlod iPhone’larining Apple kompaniyasining aqlli soatlari bilan o‘xshashlik jihatlari ko‘p bo‘lishini bashorat qilmoqda, deb yozadi Kun.uz.
Eskpertning fikricha, joriy yilda chiqadigan iPhone 6s, soatlar singari, 7000 seriyasidagi alyuminiyli korpusga ega bo‘ladi. Yangi qotishmaning hamda Force Touch texnologiyasining qo‘llanishi apparatning 0,2 mm ga qalinlashishiga olib keladi, uning kengligi va uzunligi ham taxminan 0,15 mm gu oshadi. Eslatib o‘tamiz, iPhone 6ning qalinligi 6.9 mm, iPhone 6 Plus’ning qalinligi esa 7.1 mm dir.
Mutaxassisning so‘zlariga qaraganda, Force Touch texnologiyasining yangi smartfonga kiritilishi operasion dastur interfeysida ko‘plab o‘zgarishlar yasaydi. Bu funksiya Apple Watch soatlari hamda yangi MacBook noutbuklarida mavjud.
Yangi smartfon ranglarining variantlari ham bir qadar o‘zgaradi. Tillarang model sarg‘ishga yaqinlashadi, to‘q kulrang versiya esa (Space Gray) iPhone 6dagiga nisbatan ham to‘qroq bo‘ladi. Bundan tashqari, “pushti oltin” modifikasiyasi ham paydo bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi