“O‘zbektelekom” AJning UZMOBILE mobil aloqa operatori nutqni uzatishning juda sifatli texnologiyasi – HD Voice`ni amaliyotga tatbiq qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Bu istiqbolli texnologiyani oddiygina “Yuqori ko‘rsatkichdagi aloqa” yoki “Suhbatdoshingiz yoningizda turgandek effektga ega ovoz” deb aytish mumkin.
Mobil telefon orqali HD Voice texnologiyasidan foydalanib so‘zlashganda suhbatdoshingiz go‘yoki yoningida turgandek his paydo bo‘ladi.
HD Voice texnologiyasi nutq anglanishini sezilarli darajada oshiradi, so‘zlarning oxiri yo‘qolib qolishi effektini bartaraf etadi, ovoz tembri, alohida tovushlarning aytilishi va suhbatdosh nutq ohangini buzilishlarsiz uzatadi.
Agar telefonda suhbatlashayotgan ikki mijoz “UZMOBILE GSM”ning 3G tarmog‘ida bo‘lsa va ularning telefonlari WB-AMR kodegini qo‘llab-quvvatlasa, HD Voice avtomatik ravishda ishga tushadi.
“Suhbatdoshingiz yoningizda turgandek effekti” sizga o‘zingizning suhbatdoshingizdan ko‘plab kilometrlar uzoqlikda joylashganingizni unutishingizga imkon beradi.
Telefon tomonidan WB-AMR texnologiyasi qo‘llab-quvvatlanishi haqidagi axborotni telefon yo‘riqnomasidan yoki telefon ishlab chiqaruvchisini qo‘llab-quvvatlash xizmatidan aniqlashtirib olish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi