11:30 / 15.12.2017
5 908

Yaponiya olimlari singandan keyin qayta tiklanadigan oyna yaratishdi

Yaponiya olimlari singandan keyin qayta tiklanadigan oyna yaratishdi
Tokio universiteti olimlari singandan keyin qayta tiklanishi mumkin bo‘lgan oyna ixtiro qilishdi. Bunda, olimlar asos sifatida sintetik polimerdan foydalanishdi.

Yaratilgan oynani avval kesib ikki bo‘lakka ajratib, keyin yana birlashtirishdi. Bino ichidagi harorat sharoitida ikki minut ichida esa bo‘lakka ajratilgan oynalar o‘zaro birlashdi.

Lekin, bu oynaning mustahkam bo‘lib birikishi uchun, bir soatdan olti soatgacha bo‘lgan vaqt kerak bo‘lishi ham aytib o‘tildi. Olimlarning fikriga ko‘ra, oynaning birikishi polimer tarkibidagi molekulalarning vodorodlar orqali, o‘zlarining dastlabki holatiga qaytish uchun qiladigan harakati sababli ro‘y berar ekan.

“Life” internet nashri xabariga ko‘ra, professor Yusuke Yanasigava bu oynalar ekologiyaga katta zarar keltirmasligini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yaponiya olimlari singandan keyin qayta tiklanadigan oyna yaratishdi