O‘zbekiston yaqin vaqtlarda o‘zining sun’iy yo‘ldoshini uchirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda payshanba kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub majlisida innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma’lum qildi, deb xabar beradi «Gazeta.uz».
«Bu bizning strategik yo‘nalishlarimizdan biri. Aerokosmika sohasidagi ishlanmalar yo‘qotildi, 25 yil davomida bu sohada hech qanday ish qilinmadi, shuning uchun biz hozir o‘z aerokosmik zonamizdan foydalanmaymiz», — dedi vazir.
«Hozirda ushbu sohada strategik rejalar ishlab chiqilmoqda va eng katta qadamlardan biri o‘z sun’iy yo‘ldoshlarimizning uchirilishi bo‘ladi», — dedi Ibrohim Abdurahmonov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy yo‘ldoshning uchirilishi hayotning ko‘plab sohalari, jumladan televideniye va internetni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Vazir eng asosiy vazifalar sifatida aerokosmik tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot institutlarini tashkil etishni ta’kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilgi Davlat dasturida 2035 yilgacha O‘zbekiston aerokosmik sanoatini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish ko‘zda tutilgan edi. Hujjatda milliy aviatsiya sohasini qayta tiklash haqida ham so‘z boradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi