Hoy do‘stim, menga yordam berib yubormaysanmi? (video)

  • Texnologiya
  • 13-02-2018, 20:35
  • 718
  • Ҳой дўстим, менга ёрдам бериб юбормайсанми? (видео)
    «Boston Dynamics» kompaniyasi robotlar evolyutsiyasiga juda katta e’tibor bermoqda. Kompaniya muhandislari o‘zining mexanik ixtirolarini turli-tuman xatti-harakatlarga o‘rgatmoqda. Bu safar kompaniya boshqa robotlar bilan birgalikda ishlay oladigan «SpotMini» robotining harakatlari tasvirlangan videoni taqdim etdi, deb xabar berdi Xabar.uz.

    O‘tgan yilning noyabrida «Boston Dynamics» birinchi bor dunyoga o‘zining yangi «SpotMini» robotini taqdim etgan. Biroq bugunga qadar mazkur robot haqida boshqa ma’lumotlar tarqalmagandi. Robotning yangilangan versiyasi qo‘shimcha manipulyatorlar bilan jihozlangan bo‘lib, eshiklarni ochishga, ob’ektlarni ko‘tarishga, turli to‘siqlarni bosib o‘tishga o‘rgangan.

    «Hoy do‘stim, menga yordam berib yubormaysanmi?» nomli videodan ko‘rish mumkinki, manipulyator bilan jihozlangan ikkita robot eshikni ochib, narigi xonaga o‘tadi. Robotlar uchun manipulyator yaponiyaning «SoftBank» kompaniyasi tomonidan yaratilgan.

    Яндекс.Метрика