Tel-Avivning «D-ID» startapi yuzni tanish tizimiga qarshi himoya algoritmini ishlab chiqdi, deb yozadi «Xabar».
Yuzni tanishga mo‘ljallangan zamonaviy algoritmlar, jumladan «Google», «Baidu», «Facebook» va boshqa kompaniyalarning shu turdagi texnologiyalari mustaqil ravishda alohida odamlarni topish, uni saralash hamda aniqlashga qodir. Isroil startapi esa unga qarshi tura oladigan algoritmni yaratdi. Ixtirochilarning so‘zlariga ko‘ra, tizim 90 foiz aniqlikda ishlamoqda.
Kompaniya asoschilariga bu turdagi dasturni yaratish g‘oyasi o‘n yil oldin kelgan. Ikki do‘st armiyadan ta’til olib, Janubiy Amerikaga yo‘l oladi. Safardan qaytishganidan so‘ng harbiy boshqarma yuzni taniydigan zamonaviy texnologiyalar va josuslik dasturlari paydo bo‘lgani sabab ularga suratlarni internetga joylashtirishni taqiqlab qo‘yadi. Shunda ikki do‘st yuqoridagi algoritmni yaratishni o‘ylab qo‘yishadi va ancha vaqt o‘tib, nihoyat o‘z kompaniyalariga asos solishadi.
«Ko‘plab kompaniyalar identifikatsiya tizimidan foydalanmoqda, shu tufayli maxfiylikni saqlash tobora qiyinlashmoqda. Aynan shu sabab biz o‘z algoritmimizni yaratdik, axir inson yuzi oddiy maxfiy so‘z emaski, uni tezda o‘zgartirib turish mumkin bo‘lsa», — deydi «D-ID» bosh direktori Gil Perri. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?