“Telegram” bir qator foydali funksiyalar bilan boyidi

  • Texnologiya
  • 25-03-2018, 19:57
  • 1 181
  • «Telegram» бир қатор фойдали функциялар билан бойиди
    “Telegram” messenjerining dasturchilar jamoasi uning funksional imkoniyatlarini kengaytirishdan bir zumga bo‘lsa ham to‘xtaganlari yo‘q, deb xabar beradi “Terabayt”.

    Bu sa’y-harakatlar natijasida mazkur messenjerdan foydalanuvchi faol auditoriya tobora kengayib bormoqda. Yaqinda “Telegram”ning faol foydalanuvchilari soni jahon miqyosda 200 mln nafarga yetdi. Ularning har biri har kuni bu tarmoqqa hech bo‘lmasa bir marotaba kiradi.

    23 mart kuni “Telegram” xizmati uchun navbatdagi yangilanish ishga tushirildi. Messenjerning bu yangi talqinini “Android” hamda “iOS” operatsion tizimlari foydalanuvchilari smartfon yoki planshetlariga yuklab olishlari mumkin.

    Mazkur yangilanish ikki foydali funksiyalar – qidiruv tizimi yordamida stikerlarni izlashni amalga oshirish hamda fotosuratlarni alohida emas, balki jamlab, ya’ni birato‘la bir nechta surat yuborish imkoniyatlari bilan ta’minlangan.

    Ushbu messenjerda stikerlarning joriy qilinganiga 2 yildan oshdi va bu funksiya uning ommalashuviga ijobiy hissa qo‘shgan. Ko‘plab uchinchi tomon dasturchilari o‘zlarining shaxsiy stikerlarini ishlab chiqarib, bu xizmatda e’lon qilganlar. Natijada, ularning soni hozirda 500 dan oshib ketgan.

    Shu sababdan ham, “Telegram” dasturchilari stikerlar bo‘yicha tezkor qidiruv tizimini ishga tushirishga qaror qilganlar. Bu funksiyadan foydalanish juda oson. Agar siz kalit so‘zni yoki biror “Emoji” smaylikni kiritsangiz, xizmatning o‘zi sizga mavzu bo‘yicha zarur stikerni taklif qiladi.

    Shu bilan birga, endi “Telegram” tarmog‘ida fotosuratlarni jamlab yuborish imkoniyati tug‘ildi. Bu funksiya ham oson va undan foydalanish ortiqcha ish talab qilmaydi. Agar siz fotosurat yoki video jo‘natmoqchi bo‘lsangiz, kerakli fayllarni belgilab olasiz va shundan so‘ng messenjerda paydo bo‘lgan “+” belgisini bosasiz.

    Aytish joizki, “iPhone”, “iPad” hamda “iPod Touch” foydalanuvchilari ham endi tungi rejimni avtomatik ishga tushirish funksiyasidan maza qilib foydalanishlari mumkin. “Android” tizimida bu jihat bir necha hafta ilgari ishga tushirilgan edi.

    » » “Telegram” bir qator foydali funksiyalar bilan boyidi
    Яндекс.Метрика