5 484
Sukerberg: “Rossiyaning “trollar fabrikasi” ishi, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarolariga qarshi qaratilgan edi”
Facebook asoschisi Mark Sukerberg o‘z kompaniyasi Rossiyaning “trollar fabrikasi” sifatida mashhur bo‘lgan “Internet tadqiqotlar agentligi” (Internet Research Agency, IRA) kompaniyasiga tegishli bo‘lgan 270 dan ortiq sahifa va akkauntlarni aniqlab, bloklab qo‘yganini ma’lum qildi, deb yozadi Daryo nashri.
Sukerberg ushbu akkaunt va sahifalar o‘z kontenti uchun emas, balki IRA tomonidan nazorat qilingani sababli yopib qo‘yilganini aytdi.
“Bloklab qo‘yilgan akkaunt va sahifalar Rossiyada yashaydigan odamlarga, shuningdek, Ozarbayjon, O‘zbekiston va Ukraina kabi qo‘shni mamlakatlardagi rus tilida so‘zlashuvchilarga ham qaratilgan edi”, — dedi Sukerberg.
Facebook asoschisining so‘zlariga ko‘ra, IRA aldov yo‘li bilan faoliyat yuritib, AQSH, Yevropa va Rossiyadagi odamlarni manipulyatsiya qilishga intilgan. “Biz ularni Facebook’da boshqa ko‘rishni istamaymiz”, — dedi Sukerberg.
Nashr eslatishicha, shu yilning fevralida AQSH hukumati Rossiyaning 13 fuqarosiga va uchta tashkilotiga 2016 yilgi saylovoldi kampaniyaning borishiga aralashishga urinish bo‘yicha rasmiy ayblov ilgari surdi. AQSHga qarshi til biriktirishda ayblanayotganlar orasida “Internet tadqiqotlar agentligi”ning 12 nafar xodimi bor. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi