O‘tgan yili redmondlik gigant nafaqat gibrid Surface Pro, balki o‘zining ilk noutbuki Surface Book’ni ham muxlislar e’tiboriga havola etib, barchani hayron qoldirgan edi. Microsoft bu yil ham bir necha yangi qurilmalarni namoyish etishni rejalashtirgan. Bu haqda Terabayt.uz nashri va boshqa etakchi resurslarda xabar berilgan. Taqdimot shu oyning 26 sanasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ba’zi taxminlarga qaraganda, kompaniya bu galgi marosimda joriy gadjetlarning yangilangan versiyalari va Surface seriyasidagi o‘zining birinchi monoblokini taqdim etadi.
Bunday monoblok to‘g‘risida anchadan beri turli xabarlar tarqalgan edi. Hatto internet tarmog‘ida ushbu turdagi qurilmani ta’riflaydigan patent tasviri ham e’lon qilindi. Shuningdek, kompaniyaning o‘zi ham shu haftaning avvalida Surface logotipi tushirilgan simsiz klaviaturaning promo-suratini ham nashr qilgan. Bu esa Microsoft’ning kelgusida iMac raqibiga aylanadigan monoblok tayyorlayotgani haqidagi mish-mishlarni yana bir bor tasdiqlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi