LG G5 noyabr oyida Android 7.0 Nougat versiyasiga yangilanadi

  • 18 oktyabr 2016, 12:49
  • 4 822
  • Texnologiya
  • LG G5 noyabr oyida Android 7.0 Nougat versiyasiga yangilanadi

    LG kompaniyasi so‘nggi paytlarda kuchli texnik parametrlarga ega hamda eng oxirgi dasturiy versiyalar bilan ta’minlangan mobil qurilmalarni tayyorlayotgani barchaga ma’lum. Misol uchun bundan bir oycha oldin namoyish etilgan kompaniyaning LG V20 flagmani Android 7.0 Nougat o‘rnatilgan jahondagi birinchi yangi qurilma bo‘ldi.

    Shuningdek, Android 7.0 Nougat versiyasiga Nexus turkumidagi smartfonlar ham birin-ketin yangilandi. Endilikda Android dasturida ishlaydigan boshqa smartfonlarning eng so‘nggi versiyaga yangilanishi kutilmoqda.

    Phonearena nashrining Avstraliyaning Optus mobil operatoriga tayanib yozishicha, LG firmasining yana bir flagmani LG G5 shu yilning noyabr oyida Android 7.0 Nougat versiyasiga yangilanishi mumkin. Hozircha smartfonning aynan qaysi sanada yangi dasturga ega bo‘lishiga aniqlik kiritilmagan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » LG G5 noyabr oyida Android 7.0 Nougat versiyasiga yangilanadi