SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Mask sarmoyachilarga yo‘llagan choraklik maktubida Tesla kompaniyasi faoliyati haqida hisobot berdi va kelajakka rejalar bilan bo‘lishdi. Mask kompaniya yangi Tesla Model 3 modelini ishlab chiqarishdan tashqari, yana bir nechta Gigafactory zavodi qurmoqchi ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi Kun nashri.
Ikkinchi Gigafactory zavodi Buffalo shahri yaqinida qurila boshlandi, biroq Mask ikkita zavod bilan kifoyalanib qolmoqchi emas va shu sababli kamida yana uchta shunday zavod qurmoqchi. Mask bu zavodlar qayerda joylashishini hali bilmasligini aytdi. Uning aytishicha, bu 2017 yilda sodir bo‘ladi.
Maktubda aytilishicha, Tesla Model 3 modelini ishlab chiqarish uchun zaruriy uskunalar Gigafactory 1’da o‘rnatilmoqda. U erda batareyalar ishlab chiqarila boshlandi.
Bundan tashqari, Mask avtomobil savdosi bo‘yicha hisobot berdi. O‘tgan yil dekabrida kompaniya mahsulotiga qiziqish ancha oshgan, shuning uchun Mask 2017 yil birinchi yarmida 47 mingtaga yaqin Model S va 50 mingtaga yaqin Model X modellaridan sotishga umid qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi