08:40 / 25.02.2017
6 215

Amerikalik ayolning iPhone 7 Plus smartfoni portlab ketdi (Video)

Amerikalik ayolning iPhone 7 Plus smartfoni portlab ketdi (Video)

AQShning Arizona shtatida yashovchi Brianna Olivas ismli ayol o‘zining iPhone 7 Plus smartfoni portlab ketganini ma’lum qildi, deb yozadi Daryo. U Twitter’ga joylagan videoda tutab turgan iPhone’ning korpusi erib ketganini ko‘rish mumkin.

«iPhone 7 Plus telefonim bugun ertalab portlab ketdi. Men undan o‘sha vaqtda hatto foydalanmayotgan ham edim, buning hech qanday sababi yo‘q», — deb yozdi u.

Olivasning so‘zlariga ko‘ra, bir kun avval iPhone yonmay qolgan edi. Apple ko‘mak xizmatidagilar smartfonni sinovdan o‘tkazib ko‘rib, hammasi joyida ekanligini aytgan; shundan so‘ng u bir qancha vaqt yaxshi ishlagan.

Olivas hodisa sabablarini aniqlash uchun smartfonni Apple’ga topshirdi.

The Guardian yozishicha, bungacha iPhone 7’ning portlashi bilan bog‘liq kamida bitta holat haqida ma’lum edi — bu o‘tgan yilning oktyabr oyida Avstraliyada kuzatilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Amerikalik ayolning iPhone 7 Plus smartfoni portlab ketdi (Video)