Maqolada barcha davrlarning eng qimmatbaho soatlari bilan tanishishingiz mumkin.
5-o‘rin. Patek Philippe Caliber 89 — 1989 yilda Shveysariyaning Patek Philippe kompaniyasining 150 yilligiga bag‘ishlab chiqarilgan ikki siferblatli cho‘ntak soati. Korpusi sariq, pushti, oq oltin hamda platinadan tayyorlangan soat atigi to‘rt nusxada chiqarilgan. 9 yil davomida yasalib, 126 ta qimmatbaho tosh bilan bezatilgan aksessuarning narxi 5 million dollarga teng.
4-o‘rin. Patek Philippe Reference 1527 — 1943 yilda chiqarilgan va 23 ta qimmatbaho toshdan foydalanib tilladan yasalgan klassik qo‘l soati abadiy taqvim va oy fazalari ko‘rsatkichi bilan jihozlangan. 2010 yil mayidagi kimoshdi savdosida soat 5,63 million shartli birlikka sotib olindi.
3-o‘rin. Patek Philippe Henry Graves Supercomplication — 1932 yilda nyu-yorklik bankir Genri Greyvz buyurtmasiga ko‘ra yasab chiqarilgan soat. Besh yil davomida 18 karatli oltindan tayyorlangan va 900 ta detaldan tashkil topgan soat 1999 yilda Sotheby’s kimoshdi savdosida 11 002 500 dollarga sotib olingan, u ayni paytda Shveysariyaning Jeneva shahridagi soatlar muzeyida saqlanmoqda.
2-o‘rin. 201-carat Chopard — jami 200 karatlik 874 ta brilliant bilan qoplangan bilaguzuk soat 25 million dollarga baholanmoqda.
1-o‘rin. Shveysariyaning Jaegar-LeCoultre brendiga tegishli Joaillene Manchette soatining taxminiy narxi 26 million dollarga teng. Soatning oq oltindan ishlangan bog‘ichiga 576 ta brilliant va 11 ta oniks kristallari o‘rnatilgan, kumush siferblati esa yoqut shisha bilan qoplangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi