Slice Intelligence kompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, bugungi kunga kelib taxminan 2,5 mln dona Apple Watch soatlari sotilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Bu vaziyatda ushbu gadjetning qanday miqdorda sotilgani emas, balki unga bo‘lgan talab dinamikasi qiziqish uyg‘otadi. Birinchi kuni kompaniya ushbu gadjetga 1,5 mln, ya’ni hozirda sotilgan soatlarning yarmichalik miqdorda buyurtma oldi. Bir kun o‘tib yangi gadjetga qiziqish keskin tushib ketdi va hozirda unga kuniga o‘rtacha 30 ming dona buyurtma olinmoqda. Agar savdolar shunday darajada qolsa, Apple Watch ning etkazib berish hajmi 11 milliondan oshmaydi.
Biroq bu hisob-kitoblarga ehtiyotkorlik bilan qarash kerak, chunki Slice Intelligence keltirgan 2,5 mln raqami AQShda chekli miqdordagi respondentlar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomaning natijalari asosida keltirilgan. Boz ustiga, agar Apple Watch erkin sotuvga chiqarilsa, bu ko‘rsatkichlar yanada oshishi aniq. Aytish joizki, hozirda buyurtma bo‘yicha sotilayotgan soatlar hamma davlatlarda ham savdoda mavjud emas. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi