Apple ijtimoiy tarmoqlarga joylashdan avval videoroliklarga effekt qo‘shuvchi Clips ilovasini namoyish etdi. Bu haqda The Verge'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Foydalanuvchi Clips yordamida videoga matn, emodzi, filtralar va boshqa effektlarni qo‘shishi mumkin. Ilova 30 daqiqagacha bo‘lgan roliklardan foydalanish imkonini beradi, yakuniy videoning umumiy xronometraji 60 daqiqagacha etishi mumkin. Servis iPhone yoki iPad'ning asosiy kamerasidan mustaqil ravishda ishlaydi - u orqali yangi roliklar yaratish bilan birga foydalanuvchining galereyasidagi videoni qayta ishlash imkoni ham mavjud bo‘ladi.
Live Titles funksiyasi rolikka animasiyalashtirilgan subtitrlar qo‘shishga imkon beradi. Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, opsiya 36 tilni qo‘llab-quvvatlaydi.
The Verge muxbiri servisni sinovdan o‘tkazib, Live Titles funksiyasini Clips'ning eng qiziq imkoni deb atadi. Biroq shu bilan birga uni o‘ylantirib qo‘ygan bir necha kamchiliklarni ham sanab o‘tdi. Xususan, u subtitrlarni o‘chirish, faqat matnni qoldirib, ovozni pasaytirishning uddasidan chiqa olmagan. Shuningdek The Verge yangi ilovada Snapchat va Instagram'dagi kabi qo‘lda terilgan matnni qo‘shish imkonining yo‘qligiga ishora qildi.
Tahrirlangan rolik smartfonda saqlanganidan keyin foydalanuvchi ularni ijtimoiy tarmoqlarga (Facebook, Instagram, Twitter va h.k.) joylashi mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga bu videoni telefon ro‘yxatidagi kishilardan biriga yo‘llash mumkin.
"Clips videoroliklardagi kishilarning yuzidan ularni taniy oladi va kontakt ro‘yxatidan ularning ismini taklif qiladi", - deyiladi ilovada.
Bundan tashqari, foydalanuvchi rolikka iTunes'dan musiqa qo‘shishi mumkin bo‘ladi.
Clips ilovasi 2017 yilning aprelidan ishga tushadi va u bepul xizmat ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi