09:06 / 24.03.2017
7 002

Uzmobile 2021 yilga qadar mobil aloqa bozorida etakchilikni qo‘lga kiritmoqchi

Uzmobile 2021 yilga qadar mobil aloqa bozorida etakchilikni qo‘lga kiritmoqchi
O‘zbekiston milliy aloqa operatori Uzmobile o‘z abonentlari sonini 11 million kishiga etkazishni maqsad qilgan. 2021 yilga kelib esa kompaniya bu ko‘rsatkich bilan O‘zbekistondagi mobil aloqa bozorida etakchi o‘ringa chiqishi lozim. Bu haqida kompaniyaning tijorat direktori o‘rinbosari Marat Smagin xabar qildi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Ekspertlar hisobi bo‘yicha, ayni damda respublikada mobil aloqa foydalanuvchilarining umumiy soni 22-23 million kishini tashkil qiladi.

Mutaxassisning xabar berishicha, besh yildan so‘ng mamlakatda potensial abonentlar soni 25 million kishiga etishi bashorat qilinmoqda. Kompaniya ham ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mijozlar bazasini teng ravishda oshirib boradi.

"Ikki yillik xizmat davomida ayni damda abonentlarimiz soni bir million kishiga etdi. Kelgusida o‘z abonentlarimiz sonini nafaqat yangi xizmatlar, tarif rejalar, aksiyalar va maxsus bonusli taklif joriy qilish hisobiga, balki raqobat uchun mutlaqo yangicha yondashuv ishlab chiqish bilan ham oshirib boramiz", — qayd etdi Marat Smagin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Uzmobile 2021 yilga qadar mobil aloqa bozorida etakchilikni qo‘lga kiritmoqchi