O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 17 aprel kungi «O‘zbekiston Respublikasida raqamli teleuzatuvga texnik va texnologik o‘tish bo‘yicha davlat dasturi» to‘g‘risidagi Qaroriga muvofiq Farg‘ona viloyatida raqamli teleuzatuvga o‘tish amalga oshirildi. Bu haqda «Infocom.uz»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar berdi.
Ayni paytda raqamli televidenie signallari Farg‘ona, Qo‘qon va So‘x tumanida joylashgan raqamli uzatkichlar orqali Farg‘ona viloyatining barcha tumanlariga tarqatilmoqda.
Radiochastotali spektrdan yanada samaraliroq foydalanish uchun 2015 yil mayidan Farg‘ona shahrida er usti teleuzatuvi uchun DVB-T2 standarti ishga tushirildi, u 16 ta SD telekanallarini uzatish imkoniyatiga ega.
DVB-T2 raqamli signalini qabul qilish uchun ushbu standartga mos tushuvchi maxsus tyuner kerak bo‘ladi. Bunday tyuner Navoiy viloyatidagi Telecom Innovations qo‘shma korxonasi tomonidan chiqariladi, uni Farg‘ona viloyati «O‘zbektelekom» Akning «Yagona darcha» sotuv ofislaridan olish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi